o‘zing o‘rgan

O‘zing o‘rgan — cho‘ntagingda.

Darslar, seriya va ballar telefoningda ham. Kompyuterda qayerda to‘xtagan bo‘lsang, o‘sha joydan davom etasan.

Sening qurilmang: kompyuter

Bosh ekranga qo‘shish

iPhone va iPad · Safari orqali · App Store kerak emas

RoboApp Store shart emas: Safari’da ikki bosish — va men bosh ekraningdaman.

iPhone’ga qo‘shish — 3 qadam

  1. ozing.uz

    Saytni Safari’da och

    Faqat Safari bosh ekranga qo‘sha oladi. Telegram yoki Chrome ichida ochilgan bo‘lsa — «Safari’da ochish»ni tanla.

  2. «Ulashish» tugmasini bos

    Pastdagi (iPad’da — tepadagi) kvadrat ichidagi yuqoriga strelka belgisi.

  3. Nusxa olishBosh ekranga qo‘shishXatcho‘plar

    «Bosh ekranga qo‘shish» → «Qo‘shish»

    Ro‘yxatni pastga sur. Endi bosh ekranda O‘zing o‘rgan belgisi bor — u manzil satrisiz, ilovadek ochiladi.

Xavfsizmi? Ko‘p so‘raladigan savollar

Nega Play Market yoki App Store’da emas?

Do‘konlarga joylash pullik va har yili qo‘shimcha talablar bor. Platforma hamma uchun bepul qolishi uchun ilovani to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu sahifadan beramiz.

Telefon «zararli bo‘lishi mumkin» deb ogohlantirdi. Nima qilay?

Android do‘kondan tashqaridagi har qanday ilova uchun shunday deydi. Faylni faqat shu sahifadan yukla; xohlasang, SHA-256 qiymatini solishtir.

Ilova telefonimdan nimalarga ruxsat so‘raydi?

Faqat internet (saytni ochish uchun) va tebranish (to‘g‘ri javobda qisqa titrash). Kontaktlar, kamera yoki joylashuvga kirmaydi.

Yangi darslar chiqsa, ilovani qayta yuklashim kerakmi?

Yo‘q. Ilova saytni ichida ochadi — yangi darslar o‘zi paydo bo‘ladi. Ilovaning o‘zi yangilansa, shu sahifada yangi versiya chiqadi.

Hisobim ilovada va saytda bir xilmi?

Ha. Bitta hisob bilan kirasan, seriya, ball va tugatilgan darslar hamma joyda bir xil.

Kompyuterda o‘qishni yoqtirasanmi?

Sayt brauzerda to‘liq ishlaydi — ilova shart emas.

Saytga kirish