o‘zing o‘rgan

O‘zing o‘rgan — cho‘ntagingda.

Darslar, seriya va ballar telefoningda ham. Kompyuterda qayerda to‘xtagan bo‘lsang, o‘sha joydan davom etasan.

Sening qurilmang: kompyuter

Saytga kirish

Kompyuterda hech narsa o‘rnatish shart emas — sayt brauzerda to‘liq ishlaydi.

FilbekKompyuterda boshla, telefonda davom et — hisobing bitta, natijang ham bitta.

Kompyuterdan telefonga — 3 qadam

  1. ozing.uz

    Kompyuterda — shunchaki sayt

    Hech narsa o‘rnatma. Saytga kir va o‘qishni boshla: kod muharriri ham brauzerning o‘zida.

  2. https://ozing.uz/ilova/

    Telefoningda shu sahifani och

    Manzilni telefon brauzerida yoz yoki o‘zingga Telegram’da yubor. Sahifa telefoningni o‘zi taniydi.

  3. Bitta hisob — ikki ekran

    Kompyuterda boshlagan darsingni telefonda davom ettir. Natijalar bir joyda saqlanadi.

Xavfsizmi? Ko‘p so‘raladigan savollar

Nega Play Market yoki App Store’da emas?

Do‘konlarga joylash pullik va har yili qo‘shimcha talablar bor. Platforma hamma uchun bepul qolishi uchun ilovani to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu sahifadan beramiz.

Telefon «zararli bo‘lishi mumkin» deb ogohlantirdi. Nima qilay?

Android do‘kondan tashqaridagi har qanday ilova uchun shunday deydi. Faylni faqat shu sahifadan yukla; xohlasang, SHA-256 qiymatini solishtir.

Ilova telefonimdan nimalarga ruxsat so‘raydi?

Faqat internet (saytni ochish uchun) va tebranish (to‘g‘ri javobda qisqa titrash). Kontaktlar, kamera yoki joylashuvga kirmaydi.

Yangi darslar chiqsa, ilovani qayta yuklashim kerakmi?

Yo‘q. Ilova saytni ichida ochadi — yangi darslar o‘zi paydo bo‘ladi. Ilovaning o‘zi yangilansa, shu sahifada yangi versiya chiqadi.

Hisobim ilovada va saytda bir xilmi?

Ha. Bitta hisob bilan kirasan, seriya, ball va tugatilgan darslar hamma joyda bir xil.

Kompyuterda o‘qishni yoqtirasanmi?

Sayt brauzerda to‘liq ishlaydi — ilova shart emas.

Saytga kirish