Ma’lumotlar bazasi nima?
Jadval, qator, ustun va birinchi so‘rov
Ma'lumotlar bazasi — tartiblangan ma'lumotlar ombori. Eng ko'p tarqalgan turi — relyatsion baza: ma'lumotlar Excel'dagidek jadvallarda saqlanadi.
- Jadval (table) — bitta mavzu: talabalar, kurslar, to'lovlar
- Ustun (column) — xususiyat: ism, yosh, ball
- Qator (row) — bitta yozuv: bitta talaba
SQL (Structured Query Language) — bazaga savol berish tili. Savol so'rov (query) deyiladi.
Barcha darslarda bitta jadval ishlatiladi — talabalar (10 ta talaba). Muharrirda u har safar tayyor turadi.
Birinchi so'rov
SELECT * FROM talabalar;
SELECT — "tanla", * — "barcha ustunlar", FROM talabalar — "talabalar jadvalidan". Natija:
| id | ism | familiya | guruh | viloyat | yosh | ball |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Aziz | Karimov | 25-407 | Toshkent | 19 | 88 |
| 2 | Malika | Yusupova | 25-407 | Samarqand | 18 | 95 |
| 3 | Jasur | Rahimov | 25-408 | Buxoro | 20 | 72 |
| 4 | Dilnoza | Tosheva | 25-408 | Toshkent | 19 | 81 |
| 5 | Bekzod | Aliyev | 25-407 | Farg'ona | 21 | 64 |
| 6 | Nilufar | Saidova | 25-409 | Namangan | 18 | 90 |
| 7 | Sardor | Qodirov | 25-409 | Xorazm | 20 | 57 |
| 8 | Gulnora | Ergasheva | 25-408 | Andijon | 19 | 77 |
| 9 | Otabek | Nazarov | 25-409 | Toshkent | 22 | 69 |
| 10 | Zarina | Mirzayeva | 25-407 | Qashqadaryo | 18 | 84 |
💡 SQL kalit so'zlari katta-kichik harfga sezgir emas:
selectham ishlaydi. Lekin ularni KATTA harfda yozish odat — o'qish osonroq. So'rov oxiridagi;— "so'rov tugadi" belgisi.
Video dars
Amaliyot SQL
Muharrirdagi so'rovni ishga tushiring va talabalar jadvalining barcha ma'lumotlarini ko'ring. Keyin «Tekshirish» ni bosing.
Yechimni ko'rish
SELECT * FROM talabalar;