Python asoslari
1-dars / 75
Pito
print() va birinchi dastur
Ekranga matn va son chiqarish
1-bob. Asoslar
10 daqiqa
Video
Python
3 savol
Dasturlash — kompyuterga aniq buyruqlar berish. Python'da eng birinchi buyruq — print().
U qavs ichidagi narsani ekranga chiqaradi.
print("Salom, dunyo!")
# Natija: Salom, dunyo!
Matn qo'shtirnoq ("...") yoki bittalik tirnoq ('...') ichida yoziladi. Tirnoqsiz yozilgan
sonlar esa hisoblanadi:
print(2 + 3) # Natija: 5
print("2 + 3") # Natija: 2 + 3
Bir nechta qiymatni vergul bilan bersangiz, print ularni bo'sh joy bilan ajratib chiqaradi:
print("Guruh:", "25-407", "kurs:", 2)
# Natija: Guruh: 25-407 kurs: 2
💡
#belgisidan keyingi hamma narsa — izoh. Python uni o'qimaydi, u siz uchun.
Ko'p uchraydigan xatolar
Print("salom")— Python katta-kichik harfni farqlaydi. To'g'risi:print.print("salom)— tirnoq yopilmagan →SyntaxError.print salom— qavs va tirnoq yo'q →SyntaxError.
Video dars
Amaliyot Python
Ikki qator chiqaring:
Salom, O'zing Organ!
Men Python o'rganyapman
print() bilan yulduzchalardan uchburchak chizing:
*
**
***
🧩 Qo‘shimcha masala
Bitta print() bilan 7 * 6 ning natijasini chiqaring — son hisoblansin, tirnoqqa olinmasin.
🧩 Qo‘shimcha masala
input() uchun ma'lumotlar
Kodni yozib, «Ishga tushirish» ni bosing. Birinchi marta Python yuklanishi bir necha soniya oladi.
Yechimni ko'rish
print("Salom, O'zing Organ!")
print("Men Python o'rganyapman")
Yechimni ko'rish
print("*")
print("**")
print("***")
Yechimni ko'rish
print(7 * 6)